Ру O`z En

“SAN’ATIM-SAODATIM” IJODIY TANLOVINING G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Korxonada ikki bosqichda, uch yo‘nalishda o‘tkazilgan “San’atim-saodatim” ijodiy tanlovi g‘oliblari 21-mart Navro‘z bayrami arafasida taqdirlandilar.

Jamiyatda bayram shukuhi esgan bir onda, birin-ketin tadbirlar boshlab yuborilgan. Xodimlar kayfiyatiga kayfiyat qo‘shish maqsadida tashkil etilayotgan tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rin egallaganlarga korxona ma’muriyati o‘z sovg‘a va pul mukofotlarini ulashmoqda.

“San’atim-saodatim” ijodiy tanlovi g‘oliblari ham bayram bo‘sag‘asida taqdirlandilar. Qo‘shiq, raqs va she’riyat yo‘nalishlari bo‘yicha 1-o‘rin sohiblari 2 000 000 so‘m, 2-o‘rin egalari 1 500 000 so‘m va 3- o‘rin egalari 1 000 000 so‘m bilan, shu o‘rinda, “Eng faol jamoa” va “Eng faol tarkibiy bo‘linma” nominatsiyasini egallagan sexlar 500 000 ming so‘mdan pul mukofotlarini qo‘lga kiritdilar.

 

“Fag‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech