Ру O`z En

“SAN’ATIM SAODATIM” KO‘RIK-TANLOVINING BIRINCHI BOSQICHI SEXLAR BO‘YLAB DAVOM ETMOQDA

Xabaringiz bor, jamiyatimiz xodimlari o‘rtasida “8- mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan o‘zbek xalqining mumtoz shoiralari Nodirabegim, Uvaysiy, Zebuniso va Zulfiyaxonimlarning ijodiy namunalari, g‘azallari, she’rlari bo‘yicha mushoira tanlovi o‘tkazilmoqda.

     Ko‘rik-tanlov joriy yilning 1-mart sanasigacha davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning keyingi manzili Elektr ta’minoti, Suv bug‘ ta’minoti, Elektr jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash, Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika va Sirka angidridi va sirka kislotasini qayta tiklash sexlarida bo‘lib o‘tdi.

     Tanlovda ishtirokchilar zamonaviy va qadimiy, buyuk shoir va shoiralarimiz she’rlari, g‘azallarini, milliyligimizni aks etgan kuy va qo‘shiqlarimizni, milliy raqslarni ijro etdilar.

 

                                                                      “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech