Ру O`z En

SANOAT VA YONG‘IN XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA SEMINAR O‘TKAZILDI

Korxonamizning 2-ishlab chiqarish maydonida MM,XT,AMM va XICHO SX boshqarmasi hamda tegishli bo‘limlar bosh mutaxassislari tomonidan sanoat va yong‘in xavfsizligi sohasidagi qonunlar va normativ texnik hujjatlar talablariga rioya qilish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminar nazorat-profilaktika va tushuntirish ishlari olib borilishini ko‘zlagan. Unda MM,XT,AMM va XIChO SX boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Fazliddin Sotibaldiev korxonada tashkil qilinayotgan “Avariyani bartaraf etish” rejasi (PLAS) bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda qo‘yilayotgan kamchiliklar borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Seminarda mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilishda yo‘l qo‘yilayotgan muammolarni o‘rganish, tegishli vazifalar belgilanishi va boshqa dolzarb  masalalar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i muovini Mo‘minjon Meliquziev, “Farg’onaazot” AJ ob’ektlar binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari mayor Anvar Axunovlar mazkur mavzular bo‘yicha nutq so‘zladilar.

Seminarda sohaga oid fikr-mulohaza yuritilib, mutaxasisslar tomonidan xodimlar savollariga to‘liq javoblar berildi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech