Ру O`z En

OILA MUQADDAS

Jamiyatimizning Elektr ta’minoti sexida oilalar parokandaligini oldini olish, oiladagi erkak va ayolning roli va farzandlar tarbiyasi to‘g‘risida seminar-trening o‘tkazildi.

"Oila muqaddas" mavzusidagi seminar-treningda sexda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etdi. Tadbir jamiyat Yoshlar ittifoqi raisi N.Sirojov va psixolog N.Ergasheva tashabbusi bilan tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilarga oilaviy qadriyatlar, erkak va ayolning oiladagi roli, farzandlar tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati haqida atroflicha tushunchalar berildi. Psixologik mashg‘ulotlar xodimlarning ish faoliyati unumdorligini oshirish, ruhiy holatini yaxshilash, stress holatlarining oldini olishga qaratildi.

Shuningdek, tadbir davomida oilaviy muammolarni hal qilish, o‘zaro ishonch va hurmat asosida barqaror munosabatlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy maslahatlar ham berildi.

Tadbir yakunida tashkilotchilar "Oila – bu muqaddas qadriyat, uning barqarorligi jamiyat taraqqiyotining asosi" degan g‘oyani yana bir bor ta’kidlashdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech