Ру O`z En

SOG‘LOM TURMUSH TARZINI KENG TATBIQ ETISH MAQSADIDA

Joriy yilning 15-iyul kuni, korxonamizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” farmoniga asosan “Bir korxonada, Bir maqsadda, Bir masofaga, Birga yuguramiz” shiori ostida erkaklar va ayollar o‘rtasida yugurish marafoni o‘tkazildi.

Marafonda korxonada sex, bo‘lim va boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan
150 dan ziyod ishchi-xodimlar faol ishtirok etishdi. 5 000 metr masofaga yugurish marafoni qiziqarli kechdi. Marafon natijalariga ko‘ra, ayollar o‘rtasidagi musobaqada faxrli I-o‘rin Xo‘jalik sexi xodimasi Irodaxon Tursunovaga, II-o‘rin Davolash sog‘lomlashtirish diagnostika sexi hamshirasi Nodiraxon Yo‘ldoshevaga va III-o‘rin Markaziy kimyo laboratoriyasi laboranti Svetlana Pchelinsevaga nasib etdi.
Shu o‘rinda, Sanitar laboratoriya sexi, laboranti Gulrux Raxmonovaga faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Erkaklar o‘rtasida I-o‘rinni Azot kislotasi sexi ishchisi Farrux Mirzag‘aniyev,
II-o‘rinni Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati o‘qchisi Muxammadyusuf  Karimjonov hamda III-o‘rinni XMD sexi ishchisi Diyorbek Sotvoldiyevlar qo‘lga kiritishdi. Mochevina ishlab chiqarish sexi ishchisi Ziyovuddin Obidov esa faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech