Ру O`z En

MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHG‘ULOTI

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy quyi bo‘g‘inining zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

      Mashg‘ulotda ko‘rgazmali  ravishda zilzila sodir bo‘lgan paytida ishchi-xodimlarni xavfsiz, jarohatlarsiz, to‘g‘ri xatti-harakatlar bilan evakuatsiya qilish tadbiri  amalga oshirildi.  Tadbirda korxona Harbiylashtirilgan gazdan qutqaruv otryadi qutqaruvchilari, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, korxona va Viloyat sog‘liqni saqlash tezkor tez tibbiy yordam ko‘rsatish guruhi, Milliy Gavardiyaning  Qo‘riqlash xizmati, Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Mintakaviy avariya qidiruv-qutqaruv hamda Kimyo-razvedka guruhlari ishtirok etdilar. Mazkur xizmatlar xodimlari favqulodda vaziyatlarda, ayniqsa, zilzila yuz berganda tezkor ravishda voqea joyidan olib chiqish qoidalarini yuqori saviyada namoyish etdilar.

 

“Farg‘onaaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech