Ру O`z En

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi

Bayram dasturi ZOOM platformasi orqali o‘tkazilib, unda barcha kimyo sanoati korxonalari o‘zlarining vatan himoyachilari kuniga tayyorlagan chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

    “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatidan tadbirda Farg‘ona viloyati Sharqiy harbiy okrugi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi alohida batalioni xodimlari, korxona yoshlari va jamoat tashkilotlari o‘zlarining Vatan to‘g‘risidagi she’r va qo‘shiqlari bilan qatnashdilar.

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik
 jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech