AVTOTRANSPORT SEXIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGIGA OID DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI
Bugun, korxonaning Avtotransport sexida, Farg‘ona viloyati IIB JXD YHXX Axborot guruhi katta inspektori kapitan Elbek Qobilov va Farg‘ona viloyati IIB JXD YHXX Texnik nazorat bo‘limi inspektori katta leytenant Salimjon Rahmonqulovlar bilan birgalikda Avtotransport sexi xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ma’ruzachilar tabiiy siqilgan gazda ishlovchi transport vositalarini texnik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida, shuningdek, 2025-yildan yo‘l harakati xavfsizligiga doir qonunchilikka va sohaga oid boshqa normativ hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tishdi.
Davra suhbati yakunida ATS xodimlari soha vakillaridan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga, atroflicha javoblar olishdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati