Ру O`z En

11-OKTABR — “XALQARO QIZLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN JAMIYATDA PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

2011-yil 19-dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 11-oktabrni Qizlar kuni deb e’lon qilgan. Bu kun dunyo bo‘ylab qizlarning huquqlarini e’tirof etish va ular duch kelayotgan muammolarga e’tibor qaratish maqsadida belgilangan.

Bugun, 11-oktabr — “Xalqaro qizlar kuni” arafasida jamiyatning majlislar zalida korxona sex va bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar uchun psixologik seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni korxona psixologi Nargizaxon Ergasheva olib bordi, hamda  jamiyatning ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Umidaxon Axunjanova unga hamroh bo‘ldi.

Seminar davomida qizlar duch kelayotgan muammolarni hal etish zarurati hamda ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, trening jarayonida turli interaktiv va amaliy mashqlar o‘tkazildi. Jumladan — «Ijobiy fikrlashning shaxs ruhiyatiga ta’siri», «Orzular estafetasi», «Motivatsion sherik», «Kulgi terapiyasi», «Orzular devori» va «Minnatdorlik hissi» kabi mashqlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bunday mashqlar, shubhasiz, salbiy fikrlarni ijobiy ruhda o‘zgartirishga, turli ish jarayonlarida emotsional barqarorlikni saqlashga va jamoada do‘stona muhitni mustahkamlashga yordam beradi.

Tadbir yakunida psixolog ishtirokchilarga ishga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, jamoaviy ruhni mustahkamlash hamda hayotga optimistik nazar bilan qarash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech