Ру O`z En

“KIMYOGAR” BOLALAR OROMGOHIDA YONG‘IN VA FAVQULODDA VAZIYATLAR XAVFSIZLIGI BO‘YICHA O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati Fuqarolar muhofazasi va favqulodda vaziyatlar (FM va FV) boshqarmasi kompleks rejasiga muvofiq, 9-iyul kuni “Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida profilaktik tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda soha vakillari bolalar bilan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazdi. Bolalar ma’lumotga boy ma’ruzani qiziqish bilan tinglashdi.

Shuningdek, tadbir doirasida FVB OYXTTEning va Qutqaruv otryadining  maxsus texnikalari va jihozlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bolalarga yong‘inga qarshi vositalardan foydalanish usullari amaliy namoyish etildi va tushuntirildi.

Keng ko‘lamli tadbir - gaz niqoblaridan foydalanish musobaqasi, zilzila paytida xavfsiz harakatlar bo‘yicha amaliy mashqlarni o‘z ichiga oldi. 

Tadbir yakunida musobaqada faol ishtirok etib g‘olib bo‘lgan bolalar “Farg‘onaazot” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasining esdalik sovg‘alari va Yoshlar ittifoqi Kengashining diplom va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi. 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech