Ру O`z En

KORXONANING XO‘JALIK SEXIDA IJOBIY EMOTSIONAL MUHITNI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN PSIXOLOGIK TRENING O‘TKAZILDI

Joriy yilning 23-oktabr kuni korxonaning Xo‘jalik sexi xodimlari uchun psixologiya fanlari doktori Nargizaxon Ergasheva tomonidan “Ijobiy emotsional jarayonni vujudga keltiruvchi trening mashqlari” mavzusida navbatdagi psixologik seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda, shuningdek, Ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mutaxassisi Umidaxon Axundjanova hamda Yoshlar ittifoqi yetakchisi Nurmurod Sirojev ishtirok etdi.

Seminar-trening davomida xodimlar o‘z kayfiyatlarini yaxshilash, jamoada iliq psixologik muhit yaratish va stressni kamaytirishga qaratilgan qator interaktiv mashqlarda faol qatnashdilar.

Trening dasturidan “Ertakka sayoxat”, “Baxtli uzatma”, “Harakatdagi kayfiyat”, “Rangli hislar”, “Pozitiv fikrlar”, “Sharcha orqali tilak” va “Hissiyot piramidasi” kabi o‘yin-trening mashqlari o‘rin oldi.

Mazkur mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilar quvonch va ijobiy hissiyotlarni bir-birlariga ulashdilar, o‘zaro samimiyat va ishonch muhitini yanada mustahkamlashdi. “Ertakka sayoxat”  energiya mashqi orqali  quvonchni tarqatish, “Baxtli uzatma” orqali esa bir-biriga ijobiy so‘z va tilaklar bildirish orqali xodimlar o‘zlarini yanada yengil, tetik va ruhiy jihatdan ko‘tarinki holatda his etdilar.

Trening yakunida “Hissiyot piramidasi” mashqi orqali barcha ishtirokchilar o‘z hislarini “baxt piramidasi” shaklida birlashtirib, jamoaviy uyg‘unlik va hamjihatlikni ramziy tarzda ifoda etdilar.

Seminar-trening xodimlarga nafaqat quvonch va ijobiy emotsiyalar ulashdi, balki mehnat jamoasida ruhiy muvozanat va ijobiy energiyani mustahkamlashga xizmat qildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech