Ру O`z En

JAMIYATDA KIBERJINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

Bugun, korxonaning majlislar zalida kiberjinoyatchilikning oldini olishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Komplaens-nazorati xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov, Tartib-maxfiy boshqarmasi yetakchi muhandisi Dilmuhammad Eshonov, Yuridik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Maxmud Kayumov hamda jamiyatning tarqibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan ichi-xodimlar ishtirok etishdi.

Mutaxassislar kiberjinoyatlar borasida, turli firibgarliklardan himoyalanish yo‘llarini amaliy misollar keltirib atroflicha tushuntirib berishdi.

Shuningdek, ishtirokchilarga turli ilovalar va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish qoidalari, virtual firibgarlik, soxta axborot tarqatilishining oldini olish tushuntirildi.

Qolaversa, tadbir davomida xodimlarga o‘zini qiziqtirgan savollar berish imkoni berildi va barchasiga to‘laqonli javoblar olindi.

Shunday seminarlarning o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsadi xodimlarning raqamli xavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirishdan iboratdir.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech