“DOLZARB 30 KUN” DOIRASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA O‘QUV-AMALIY MASHG‘ULOTLAR DAVOM ETMOQDA
Korxonamizda yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda xodimlarda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida navbatdagi seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbir jamiyatning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, FVB OYXTTEB xodimlari bilan hamkorligida Havo ajratish sexida o‘tkazildi.
Seminarda korxonaning aloqa sexi, markaziy kimyo laboratoriyasi, xo‘jalik sexi hamda boshqa bir nechta tarkibiy bo‘linmalari xodimlari faol ishtirok etdi.
Tadbir doirasida yong‘in yuzaga kelganda xodimlar qanday harakat qilishi lozimligi haqida yo‘riqnoma berildi, shuningdek favqulodda vaziyatlarda xodimlar xavfsiz evakuatsiya qilinishi tartibi tushuntirildi.
Seminar davomida yong‘in o‘chirish xizmatining maxsus texnika va uskunalari bilan tanishtirib, ishtirokchilarga ularni qanday qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati