“DOLZARB 30 KUN” DOIRASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA O‘QUV-AMALIY MASHG‘ULOT ALOQA SEXIDA O‘TKAZILDI
Tadbirning ko‘zlangan bosh maqsadi korxona ishchi-xodimlarining xavfsizlik sohasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash, mehnat jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish, shuningdek, jamiyatda xavfsiz mehnat muhitini yaratishga xizmat qilishdir.
Mazkur tadbir jamiyatning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, Qutqaruv otryadi, FVB OYXTTEB xodimlari hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir davomida, yoz mavsumiga xos muhim mavzulardan biri sifatida ruxsat etilmagan joylarda cho‘milishning xavfli oqibatlari, shuningdek “Chomilish qoidalari”ga qat’iy amal qilish lozimligi yuzasidan ham korxona ishchilariga tushuntirishlar berildi.
Tadbirlar doirasida o‘tkazilayotgan amaliy mashg‘ulotlar, suhbatlar va ko‘rgazmali vositalar orqali har bir xodim yong‘in xavfsizligiga befarq bo‘lmasligi kerakligi yana bir bor eslatib o‘tildi.
Bu esa, o‘z navbatida, sanoat korxonasining barqaror va xavfsiz ishlashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati