Ру O`z En

KASABA UYUSHMA QO‘MITASI 8-MART “XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN FAOL YOSH XOTIN-QIZLARNI MUNOSIB TAQDIRLADI

Bayramlar ketma-ketligini 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan taqdirlangan faol yosh xotin-qizlari taqdirlash marosimi yakunlab berdi.
 
Tadbir avvalida korxona kasaba uyushma qo‘mitasi raisi I.R. Abduvoxidov barcha kimyogar ayollarni bayram bilan muborakbod etdi.
 
Jamoada samarali mehnati, korxona taraqqiyotidagi ulkan hissasi uchun bir guruh faol yosh xotin-qizlar Kasaba uyushma qo'mitasi hamda Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech