Ру O`z En

XLORAT MAGNIY DEFOLIANTI SEXIDA AMALIY-TAKTIK MASHG'ULOTI O‘TKAZILDI

Yurtimiz bo‘ylab 1-dekabrdan 30-dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida ishlab chiqarish obyektlarida mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlardan biri Jamiyatning Tartib-maxfiy boshqarmasi, Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash departamenti alohida batalyoni hamda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi huzuridagi obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘limi mutaxassislari hamkorligida XMD sexida amaliy-taktik mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida ishchi-xodimlarga xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini ta’minlashning normativ-huquqiy asoslari, amaldagi texnik reglamentlar va idoraviy yo‘riqnomalar talablari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, texnogen favqulodda vaziyatlarning oldini olish, is gazidan zaharlanish xavflari va ularning oldini olish usullari, gaz-havo aralashmasining chaqnashi ehtimoli hamda oqibatlariga alohida e’tibor qaratildi

Shu bilan birga, olovli va gazga xavfli ishlarni tashkil etishda texnika xavfsizligi reglamentlari, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish,  favqulodda vaziyatlarda harakatlanish algoritmlari hamda evakuatsiya qoidalari bo‘yicha amaliy va nazariy tavsiyalar berildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech