IJOBIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH USULLARI MAVZUSIDA PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
Joriy yilning 8-oktabr kuni Mochevina ishlab chiqarish sexining Ma’naviyat xonasida xodimlar uchun navbatdagi psixologik seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir korxona psixologi Nargizaxon Ergasheva tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda Mochevina ishlab chiqarish sexi xodimlari ishtirok etishdi. Shuningdek, treningda Ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mutaxassisi Umidaxon Axunjonova ham qatnashdi.
Mazkur seminar “Ijobiy fikrlashni rivojlantirish usullari” mavzusiga bag‘ishlanib, ijobiy fikrning inson ruhiy holatiga, mehnat unumdorligiga hamda ishlab chiqarish jarayonidagi xavfsizlikni ta’minlashga ko‘rsatadigan ta’siri haqida so‘z yuritildi.
Shu bilan birga, tadbir jarayonida xodimlar “Orzular estafetasi”, “Motivatsion sherik”, “Kulgu terapiyasi”, “Orzular devori” va “Shukuronalik hissi” kabi interaktiv mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishdi. Ushbu amaliy mashg‘ulotlar orqali ular salbiy fikrlarni ijobiy yo‘nalishga o‘zgartirish, ish jarayonida ruhiy barqarorlikni saqlash va jamoada iliq, samimiy muhit yaratish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Seminar yakunida psixolog tomonidan ishtirokchilarga mehnat faoliyatida ijobiy yondashuvni shakllantirish, jamoaviy birdamlikni kuchaytirish hamda hayotda ijobiy fikrni doimo saqlashga oid foydali tavsiyalar berildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati