Ру O`z En

ALOQA SEXIDA “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI

Davlatimiz rahbarining tashabbusi asosida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, mazkur tashabbus doirasida korxona va tashkilotlarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar, dialog hamda fikr almashuv tizimlarini yo‘lga qo‘yish amaliyoti keng joriy etilmoqda.

Shu munosabat bilan korxonaning Aloqa sexida ham yoshlar bilan ochiq muloqot formatida uchrashuv tashkil etilib, unda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvohidov, Yoshlar ittifoqi yetakchisi Nurmurod Sirojov, sex boshlig‘i hamda ishchi-xodimlar faol ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning professional rivojlanishi, motivatsion omillarni kuchaytirish, shuningdek, mehnat samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid strategik yondashuvlar, kadrlar salohiyatini mustahkamlash va korporativ madaniyatni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech