Ру O`z En

ALOQA SEXIDA PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

Joriy yilning 16-sentabr kuni Aloqa sexining Ma’naviyat xonasida korxona psixologi Nargizaxon Ergasheva tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi yetakchisi Nurmurod Sirojev hamkorligida Aloqa sexi, Ishchilarni oziqlantirish hamda Xo‘jalik sexilari, shuningdek Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi xodimlari uchun navbatdagi psixologik seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbir “Pozitiv fikr – xavfsizlik va unumdorlik kaliti” mavzusiga bag‘ishlanib, unda ijobiy fikrlashning mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish jarayonidagi xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Seminar davomida xodimlar salbiy fikrlarni konstruktiv va motivatsion yondashuvga aylantirish, stress-menejment usullaridan foydalanib ruhiy barqarorlikni saqlash, korporativ madaniyat va sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish bo‘yicha amaliy mashqlarda faol ishtirok etdi.

Trening yakunida ishtirokchilarga ish jarayoniga ijobiy munosabatda bo‘lish, jamoaviy hamjihatlikni kuchaytirish, muntazam ravishda pozitiv tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech