MARKAZIY KIMYO LABORATORIYASIDA PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
Korxonamizning Markaziy kimyo laboratoriyasi xodimlari uchun korxona psixologi Nargizaxon Ergasheva tomonidan navbatdagi psixologik seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir “Ijobiy emotsional jarayonni vujudga keltiruvchi trening mashqlari” yo‘nalishida tashkil etilib, xodimlar uchun ruhiy tetiklik, ijobiy energiya va mehrga to‘la muhit yaratdi.
Seminar davomida ishtirokchilar “Kimning to‘pi kulgiroq?”, “Sharni tabassum bilan uzat!”, “Kulgini tutib ol!”, “Sharlar o‘q uzmoqda!” kabi interaktiv o‘yinlarda faol qatnashib, ijobiy his-tuyg‘ularni namoyon etdilar. Ushbu mashg‘ulotlar kulgi va quvonch orqali stressni kamaytirish, jamoaviy muhitda samimiylikni kuchaytirish hamda shaxslararo ishonchni mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbirning ikkinchi qismida “Ona — hayotning yuragi, mehrning manbai” mavzusidagi ruhiy-ma’naviy mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar musiqiy fon ostida onalar siymosiga bag‘ishlangan samimiy hikoyalar, xatlar va sahna chiqishlarini taqdim etdilar. “Mehr devori”ga yozilgan yurakcha shaklidagi tilaklar esa onalik mehrining beqiyos qudratini yana bir bor yodga soldi.
Seminar ishtirokchilari tadbir yakunida ijobiy kayfiyat, samimiy his-tuyg‘ular va mehr iliqligi bilan o‘rtoqlashdilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati