Ру O`z En

JAMIYAT SEXLARIDA “HALOLLIK VAKSINASI” BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILMOQDA

Korxonaning sex va boshqarmalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 6- iyul kunidagi PQ- 5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorini 11-bandi ijrosini taminlash, “halollik vaksinasi” tamoyili asosida xodimlarda, shuningdek, yoshlarda, korrupsiyaga qarshi kurashish yunalishi bo‘yicha profilaktik ta’sir choralari o‘tkazish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

     Mazkur tadbirlar jamiyat Komplayens xizmati tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Тartib-maxfiy boshqarmasi, Idoraviy harbiylashgan qo‘riqlash xizmati hamda Ishlab chiqarish texnik boshqarmasi rahbarlari ishtirok etishdi.

    Ma’ruzachilar mavzuga oid, ya’ni, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi qaror va farmonlar, mehnat intizomi va ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, Odob-axloq kodeksi, ma’naviy-ma’rifiy soha, ijtimoiy himoya to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

    Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan huquqiy savodxonlikning dolzarb masalalariga, jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi haqida tushuntirishlar olib borildi.

 

 

“Farg‘onaazot” matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech