Ру O`z En

“VATAN HIMOYACHILARI KUNI” MUNOSABATI BILAN JAMIYATNING IDORAVIY HARBIYLASHTIRILGAN QO‘RIQLASH XIZMATI XODIMLARI TAQDIRLANDILAR

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni, jamiyatda fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir qator IHQX xodimlari korxona rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan e’tirof etildilar.

     Marosim  IHQX ma’naviyat va ma’rifat xonasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov barchani faxr va g‘urur bayrami bilan tabrikladi. Shu o‘rinda, korxona rahbari yurtimiz, xalqimiz, chegaralarimiz daxlsizligini tun-u kun, yozning jazirama issig‘ida, qishning qahraton sovuq kunlarida himoya qilib kelayotgan o‘g‘lonlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

    Taqdirlash kechasida tartib-maxfiy bo‘shqarmasi boshlig‘i Muxtor Fuzaylov, qadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Farxod Sayfutdinov, kasaba uyushmasi raisi Ilhom Abduvohidov, boshqaruv raisi maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva hamda matbuot xizmati rahbari Mannonxon Tillyaxodjayevlar dil izhorlarini bildirdirar ekanlar, IHQX boshlig‘i Abduvali Xamrayevni namunali faoliyati va vatanparvarlik hissi hamda xizmat xodimlarini mehnatlarini yana bir bor ta’kidlab o‘tdilar.  


                                                        “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech