Ру O`z En

“VATAN HIMOYASI - MUQADDAS BURCH!” MAVZUSIDA “ENG YAXSHI INSHOLAR” TANLOVI O‘TKAZILDI

Bugun, 9-yanvar kuni korxonamizning majlislar zalida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topilganligining 32 yilligi sharafiga bag‘ishlab “Vatan himoyasi - muqaddas burch!” mavzusida “Eng yaxshi insholar” tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur ko‘rik-tanlov Ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi,  Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti, Xotin-qizlar qo‘mitasi  faol ishtirokida tashkil etildi.

Shuningdek, tanlovdan ko‘zlangan maqsad korxona xodimlarini, ayniqsa, yosh xodimlarni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat edi.

Insholar tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, mazkur tanlovda 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu gal tanlovda ishtirok etish uchun jamiyatning deyarli barcha tarkibiy bo‘linmalaridan arizalar kelib tushdi. Tanlovda korxonaning jami 14 nafar xodimi ishtirok etdi.

Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari Nizomda belgilangan mezonlar bo‘yicha vakolatli hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida bo‘lib o‘tadi.

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech