Ру O`z En

Xo‘jalik sexi xodimalari g‘olib

Jamiyatimizda bir necha kundan buyon 11- noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, korxonamizda ushbu sanaga bag‘ishlangan navbatdagi sport turi - ayollar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Unda jamiyatimiz sexlari ayollaridan tuzilgan 10 ta jamoa o‘zlarining voleybol sporti bo‘yicha mahoratlarini namoyish etdilar.

Musobaqada birinchi o‘rinni Xo‘jalik sexi jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘rin NO‘A va A sexi jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin sohibalari Soda sexi jamoasi bo‘ldi.

Avval ta’kidlanganidek g‘oliblarni taqdirlash marosimi barcha tadbirlar yakunida amalga oshiriladi.

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech