Ру O`z En

YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA BO‘LIB O‘TGAN SEMINAR

Joriy yilning 20-iyulida korxonamizning 2-ishlab chiqarish maydoni AS-72M sexida 100 dan ortiq ishchi-xodimlar ishtirokida MM,XT,AMM va XICHO SX boshqarmasi xodimlari hamda  “Fargonaazot” AJ obyektlari binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi tomonidan yong‘in xavfsizligi sohasidagi qonunlar, normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilinishi  yuzasidan nazorat-profilaktika va tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida seminar tashkil etildi.

Seminarni “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.   Ko‘rgazmali namoyish tarzida o‘tgan seminarni MM,XT,AMM va XICHO SX boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Fazliddin Sotibaldiyev kirish so‘zi bilan ochib, Favqulodda  Vaziyatlar  Vazirligining  Qaroriga  asosan   haftaning har chorshanba kuni «Yong‘inlar profilaktikasi kuni» deb belgilanganligi va shu asosda aholi, korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlariga rioya etish to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari olib borilayotganligini aytib o‘tdi. Yong‘inlarning oldini olish va muvaffaqiyatli bartaraf etish tadbirlariga jamoatchilik keng jalb qilinib, tegishli vazifalar belgilanishi seminarning asosiy mavzularidan bo‘ldi.

Seminar doirasida “Farg‘onaazot” AJ obyektlar binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari mayor Anvar  Axunov so‘zga chiqib, yong‘in xavfsizligi, korxonada birlamchi o‘t o‘chirish vositalari va maxsus o‘t o‘chirish tizimlari mavzusida so‘z yuritdi. Shuningdek, o‘quv seminarining tashkil etishdan maqsad –yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashdan iboratligini, ushbu masalada ishchi-xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish muhim masalalardan biri hisoblanishi to‘g‘risida tushunchalar berdi. Ma’ruzachi xodimlarni yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirib o‘tdi. Yong‘inning oldini olishga doir o‘tkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari to‘g‘risida so‘z yuritib, yong‘inning paydo bo‘lish sabablari, uni o‘chirish vositalarining ishlatilish tartibi, yong‘in sodir bo‘lganda dastlab nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida tushunchalar berdi. Hayotiy misollar orqali mavzu doirasida kerakli ma’lumotlarni aytib o‘tdi.

Ko‘rgazma va ma’ruzalarni ishtirokchilar qiziqish bilan tingladilar.  Sohaga oid fikr-mulohaza hamda savol-javoblar bilan seminar tashkilotchilariga yuzlandilar.

“Farg ‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech