“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI
28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan korxonamizda Xavfsizlik texnikasi boshqarmasi tomonidan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorlikida sexlararo “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbirning ko‘zlangan asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish madaniyatini oshirish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Zakovat o‘yinida jamiyatning Xlorat-magniy defoliyanti sexi,
Ammiak-3, Mochevina ishlab chiqarish sexi, Aloqa sexi, Xo'jalik sexi va ATS ning og'ir yuklarni ko'tarish uchastkalaridan shakllantirilgan jamoalar ishtirok etib, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish jarayonlari hamda umumiy bilimlar bo‘yicha savollarga javob berdilar. Qizg‘in tarzda o‘tgan bellashuv ishtirokchilarning bilim saviyasi, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini yana bir bor namoyon etdi.
Bunday intellektual o‘yinlar xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, mehnat xavfsizligi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash hamda korxonada ijobiy ijtimoiy muhitni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bellashuv yakunlariga ko‘ra, faxrli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin — Mochevina ishlab chiqarish sexi "EVEREST" jamoasi,
2-o‘rin — Xlorat-magniy defoliyanti sexi "Saxovat" jamoasi,
3-o‘rin — Ammiak-3 sexi "Ammiak-3" jamoasiga nasib etdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati