Дефолиант “Супер ХМДж”
Defoliant "Super XMDj" 36% magniy xlorati saqlovchi eritma ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Qishloq xo‘jaligida hosil terishdan oldin barglarni to‘kish va o‘simliklarni quritish uchun qo‘llaniladi (paxta, soya, kungaboqar, kartoshka), ya’ni defoliant va desikant sifatida ishlatiladi.
Kimyoviy formula: Mg(ClO₃)₂
Tashkilot standarti: 00203855-34:2020
TN VED kodi: 3808932700
Yillik quvvat: 11 800 tonn
Xavfsizlik talablari:
kam zaharli, saqlashda barqaror, uchuvchan emas, hidsiz. Inson organizmiga ta’siri bo‘yicha Super XMDj 4-xavf sinfiga mansub o‘rtacha xavfli moddalarga kiradi.
| № | Ko‘rsatkich nomi | Norma |
| 1 | Tashqi ko‘rinishi va rangi | Yengil sariq tusga ega suyuqlik, hidsiz. Tuz cho‘kindilari mavjud bo‘lishi mumkin. |
| 2 | 20°C da zichligi, g/dm³, kamida | 1,450 |
| 3 | Magniy xlorati Mg(ClO₃)₂ massaviy ulushi, %, kamida | 36,0 |
Mahsulot qadoqlanishi: zich yopiladigan polimer idishda, sig‘imi 60 dm³ dan 1000 dm³ gacha. To‘ldiriladigan mahsulot hajmi idish hajmining 0,9 qismini oshmasligi kerak.
Transporti: yopiq temiryo‘l vagonlarida hamda avtomobil transporti orqali, ushbu transport turida pestitsidlarni tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Kafolatli saqlash muddati: ishlab chiqarilgan kundan boshlab 2 yil.