Defoliant “UzDef”
Defoliant “UzDef” magniy xloratining 31% li eritmasi ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Qishloq xo‘jaligida terimdan oldin barglarni to‘kib yuborish va o‘simliklarni quritish (paxta, soya, kungaboqar, kartoshka) uchun, ya’ni defoliant va desikant sifatida qo‘llaniladi.
Kimyoviy formula — Mg(ClO3)2
Ts 00203855-43:2014
TNVED kodi: 3808932700
Xavfsizlik talablari: kam zaharli va saqlashda barqaror, uchuvchan emas, hidsiz. Inson organizmiga ta’sir darajasiga ko‘ra UzDef o‘rtacha xavfli moddalar — 4-xavf sinfiga mansub.
|
№ |
Ko‘rsatkich nomi |
Norma |
|
1 |
Tashqi ko‘rinishi va rangi |
Biroz sarg‘ish tusga ega suyuqlik, hidsiz. Tuzlarning oz miqdordagi cho‘kmasiga ruxsat etiladi. |
|
2 |
20 °S da zichlik, g/dm³, kamida |
1,44–1,450 |
|
3 |
Magniy xlorati Mg(ClO3)2 ning massaviy ulushi, %, kamida |
36,0 |
|
4 |
Karbamidning massaviy ulushi, %, ko‘pi bilan |
9,8 |
|
5 |
Ammoniy nitratining massaviy ulushi, %, ko‘pi bilan |
1,5 |
Mahsulot quyidagi tarzda qadoqlanadi: sig‘imi 60 dm³ dan 1000 dm³ gacha bo‘lgan, mahkam yopiladigan polimer idishlarga. Quyiladigan mahsulot hajmi idish hajmining 0,9 qismidan oshmasligi kerak.
Tashish shartlari: mahsulot yopiq temir yo‘l vagonlarida, shuningdek ushbu transportdagi zaharli kimyoviy moddalarni tashish qoidalariga muvofiq avtomobil transportida tashiladi.
Kafolatli saqlash muddati — tayyorlangan kundan boshlab ikki yil.