Gaz xoldagi texnik kislorod
Texnik kislorod gaz holatida shishalarda atmosfer havosidan chuqur sovutish yoki suvning elektrolizi orqali olinadigan mahsulotdir.
Texnik kislorod gaz holatida shishalarda rangli metallar, yengil qotishmalarni payvandlash, metallurgik jarayonlarni intensivlashtirish uchun qo‘llaniladi.
GOST: 5583-78
TIF TN kodi: 2804400000
Yillik quvvat: 2 455 200 m3 tonn
Kimyoviy formula: O₂
Qo‘llash sohalari;
•Tibbiyotda
•Metallarning payvandlashida
•Kimyo sanoatida
•Raketa yoqilg‘isi sifatida
•Oziq-ovqat sanoatida
Raketa yoqilg‘isi:
Bu yoqilg‘ining oksidlovchisi – suyuq kislorod, vodorod peroksidi, azot kislotasi va boshqa kislorodga boy birikmalar.
Eng kuchli oksidlovchi – suyuq kislorod va suyuq osoning aralashmasi.
Tibbiyotda:
Kislorod nafas olish buzilishlarida, astma davolashda, gipoksiya profilaktikasida qo‘llaniladi. Shuningdek, u nafaqat o‘pka va yurak kasalliklarida, balki gangrena, tromboflebit, fil kasalligi, trofik yara kabi og‘ir kasalliklarda samarali vosita hisoblanadi.
Oziq-ovqat sanoatida:
Kislorod oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatida E948 sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Kimyo sanoatida:
Havoni kislorod bilan boyitish ko‘plab texnologik jarayonlarni samaraliroq va tezroq qiladi. Bu jarayonlar asosida oksidlanish yotadi. Masalan, po‘lat ishlab chiqarishda temirni to‘g‘ri ishlatish. Kislorod po‘lat sifatini yaxshilaydi, temirdagi ortiqcha uglerodni chiqaradi.
• Kislorod ko‘plab moddalarni ishlab chiqarishda, neft, ko‘mir va mazutni gazlashtirishda kerak bo‘ladi.
• Suyuq kislorod portlovchi moddalar ishlab chiqarishda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, poroz moddani suyuq kislorod bilan singdirilsa, u portlovchi moddaga aylanadi (oksilikvitlar) va zarur bo‘lganda dinamiti o‘rnini bosadi.
• Gaz holatidagi kislorod shisha buyumlarni puflash va laboratoriya tadqiqotlarida ishlatiladi. Shuningdek, metallurgik jarayonlarni intensivlashtirishda qo‘llaniladi.
Xavfsizlik talablari:
Kislorod rangsiz, hidisiz gaz bo‘lib, yonuvchan emas, lekin yonish va oksidlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Toza kislorod portlash xavfi keltirmaydi, ammo organik moddalar mavjud bo‘lganda yong‘in yoki portlash xavfi mavjud.
Kislorod zaharli emas, lekin toza kislorodni uzoq nafas olish organizmga zararli.
Inson organizmiga ta’sir darajasiga ko‘ra, 4-xavf sinfiga kiradi.
| № | Ko‘rsatkich nomi | Norma |
| 1 | Kislorodning hajmiy ulushi, %, kam bo‘lmagan | 99,97 |
| 2 | Vodorodning hajmiy ulushi, %, ko‘p bo‘lmagan | 0,7 |
| 3 | Normal sharoitda (20°C) va 730 mm.s.m. suv bug‘lari kontsentratsiyasi, g/m³, ko‘p bo‘lmagan (kislorodning to‘yingan harorati 760 mm bosimda) | 0,07 |
Mahsulot qadoqlanadi: maxsus ballonlarga.
Tashiladi: barcha turdagi transportda, har bir transport turida amal qiladigan yuk tashish qoidalariga muvofiq ballonlarda.
Kafolatli saqlash muddati — mahsulot ishlab chiqarilgan kundan boshlab 12 oy.