KORXONADA PSIXOLOGIK TRENING: MAVSUMIY AFFEKTIV BUZILISHLARNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN SAMARALI YONDASHUV
Korxonaning bug‘-qozon sexi xodimlari uchun psixologiya fanlari doktori Ergasheva Nargizaxon tomonidan psixologik seminar-trening olib borilib, unda zamonaviy psixoprofilaktika, stress-menejment va emotsional intellektni rivojlantirishga oid ilmiy-amaliy yondashuvlar keng yoritildi.
Shuningdek, tadbirda Ijtimoiy bo‘lim mutaxassisi Umidaxon Axundjanova hamda Yoshlar ittifoqi yetakchisi Nurmurod Sirojov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, trening mazmunini yanada boyitdilar.
Seminar davomida xodimlarga quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi, mavsumiy affektiv buzilishlarning yuzaga kelish mexanizmlari va ularning psixologik ta’siri, nafas olish texnikalari orqali tashvish darajasini kamaytirish, emotsional charchoq va uning profilaktikasi, mehnat jarayonida ergonomika hamda tartib-intizomning ahamiyati, ijobiy ijtimoiy munosabatlar va samarali kommunikatsiyaning psixologik iqlimga ta’siri mavzular haqida gapirib o‘tildi.
Treningning amaliy qismi interaktiv metodlar asosida tashkil etilib, unda xodimlar kognitiv moslashuvchanlikni rivojlantirish, ichki resurslarni faollashtirish va psixoemotsional zo‘riqishni kamaytirishga qaratilgan mashqlarda faol ishtirok etdi. Xususan, “Energiya banki”, “O‘ylama — harakat qil!”, “Teskari tafakkur”, “Fikrlar karuseli”, “Baxtli uzatma”, “Harakatdagi kayfiyat”, “Rangli hislar”, “Pozitiv fikrlar” hamda “Hissiyot piramidasi” kabi trening texnikalari qo‘llanildi.
Seminarning ikkinchi qismida Yoshlar ittifoqi yetakchisi Nurmurod Sirojov ishtirokchilarga Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, shuningdek, rahbarlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yondashuvlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati