Ру O`z En

LABORATORIYADA “PSIXIK ENERGIYA VA HISSIY CHARCHOQNING PSIXOLOGIK OMILLARI” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

Jamiyatning Laboratoriya xodimlari uchun psixologiya fanlari doktori Ergasheva Nargizaxon tomonidan “Psixik energiya va hissiy charchoqning psixologik omillari” mavzusida navbatdagi psixologik seminar-trening tashkil etildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar psixik resurslarni boshqarish, emotsional zo‘riqish va kognitiv yuklama sharoitida samaradorlikni saqlash masalalari yuzasidan amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Seminar davomida hissiy charchoq (emotsional kuyish)ning kelib chiqish mexanizmlari, stress omillari, professional faoliyatdagi psixologik barqarorlik hamda self-regulyatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi. Trening interaktiv formatda o‘tkazilib, ishtirokchilar ish jarayonlariga moslashtirilgan keyslar va psixologik mashqlar orqali bilimlarini mustahkamlashdi.

Tadbirda Ijtimoiy bo‘limi mutaxassisi Axundjanova Umidaxon ham ma’ruza bilan ishtirok etib, jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, ichki kommunikatsiya va ijtimoiy-psixologik moslashuv masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

 
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech