Ру O`z En

NURONIYLAR E’ZOZDA

Jamiyatimizning majlislar zalida Davlat Rahbarimizning 2022 yil 15 mart oyida “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda bir qator mutasaddi xodimlar, korxonaning sex va bo‘limlarida xozirda faoliyat olib borayotgan kengashi a’zolari hamda jamoat tashkilotlari ishtirok etishdi.

  Yig‘ilish korxonaning Nuroniylar Kengashi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda kengash raisi Abdulbakir Ortiqov so‘ngi yillarda nuroniylar bilan ishlash masalalari, faoliyat natijalari, istiqboldagi rejalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. Shu o‘rinda, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qaror bilan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra nuroniy va faxriylarimiz bilan ishlash, ularni e’tirof etish maqsadida chora-tadbir ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra joriy yilda turli sayohatlar, suhbatlar uyushtirilishi, yakka – yolg‘iz keksalarning holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatish tadbirlari,  korxonada uzoq yillar ishlab korxona ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan nuroniylar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan keksalarni har yili korxona tasarrufidagi DSDS reabilitatsiya bo‘limida navbat asosida bepul sog‘lomlashtirish kabi savobli ishlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech