Ру O`z En

Suyultirilgan suvsiz ammiak

Suyuqlashtirilgan suvsiz ammiak asosan karbamid, ammiak selitrasi, konsentratlanmagan azot kislotasi ishlab chiqarishda, sanoat va qishloq xo‘jaligining turli sohalarida, tibbiyotda qo‘llaniladigan suvli eritmalar ishlab chiqarishda, xalq xo‘jaligida va boshqa kimyo sanoati turlarida qo‘llaniladi. Eksport qilish mumkin.

GOST: 6221 - 90
TIF TN kodi: 2814100000
Yillik quvvati: 475000 tonn

Suyuqlashtirilgan suvsiz ammiak qo‘llanish sohasiga qarab uch turda ishlab chiqariladi:
A – azot kislotasi ishlab chiqarish, nitrirlash, sovutgich sifatida, himoyalangan atmosfera yaratish uchun;
– eksportga yetkazib berish uchun;
B – o‘git ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun.

Xavfsizlik talablar:
Normal harorat va atmosfer bosimida gaz holatida bo‘ladi. Gaz holatidagi ammiak yonuvchan gazlar qatoriga kiradi, suyuq ammiak esa qiyin yonuvchan moddalar qatoriga kiradi. Inson organizmiga ta’siri bo‘yicha 4-xavf darajasidagi toksik moddalar qatoriga kiradi.

Ko’rsatkich nomi
Savdo belgi uchun norma
 
А Аk B
Ammiakning massa ulushi, %, dan kam emas  99,9  99,6  99,6
Azotning massa ulushi, %,  dan kam emas  -  82,0  82,0
Suvning massa ulushi(bug’lanishdan keyingi qoldiq), %  -  0,2-0,4  0,2-0,4
Suvning massa ulushi(Fisher usuli) %, dan ko’p emas   0,1  -  -
Moyning massa konsentratsiyasi, mg/dm3,  dan ko’p emas   2  2  8
Temir moddasining massa konsentratsiyasi , mg/dm3,  dan ko’p emas   1  2
Umumiy xlorning massa ulushi ,  mg/dm3,  dan ko’p emas   -  0,5  -
Uglerod oksidining massa ulushi, ,  mg/dm3,  dan ko’p emas   -  30±10  -

Mahsulot qadoqlanishi: maxsus temiryo‘l cisternalar va avtotsisternalarda.
Transporti: har bir turdagi transportda amaldagi yuk tashish qoidalariga muvofiq temiryo‘l va avtomobil transporti orqali amalga oshiriladi.
Kafolatli saqlash muddati: ishlab chiqarilgan kundan boshlab bir yil.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech